AQShning 12 nafar yuqori lavozimli razvedkachisi, shu jumladan Markaziy ravedka boshqarmasining olti nafar sobiq direktori Donald Trampning qaroriga qarshi norozilik maktubini imzoladi. Trampning qarori MRBning sobiq rahbari Jon Brennanni davlat siriga kirish imkoniyatidan mahrum qilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Maktub mualliflari Trampning qarorini “o‘ylanmagan va maqsadga nomuvofiq” deb atagan. Murojaat mualliflarining ma’lum qilishicha, prezidentning harakatlari xavfsizlik masalalariga hech qanaqasiga bog‘liq emas va shunchaki so‘z erkinligini bo‘g‘ishga urinish hisoblanadi.
Ularning fikriga ko‘ra, prezident davlat manfaatlariga emas, siyosiy tasavvurlarga tayangan.
Izoh (0)