Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning shaxsiy shifokori Piter Fisher 15-avgust kuni Londonda yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabar berilishicha, 67 yoshli erkak o‘z velosipedida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan va voqea joyida halok bo‘lgan.
Bukingem saroyidan ma’lum qilinishicha, qirolicha shifokorning o‘limidan xabardor qilingan.
London Evening Standard gazetasi tomonidan ma’lum qilinishicha, Fisher gomeopatiya sohasida ekspert bo‘lgan va 15 yil davomida qirolichaning gomeopatik shifokori bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)