Qozog‘istonning O‘zbekiston bilan chegarasida bir necha kilometrga cho‘zilgan yuk mashinalari qatori paydo bo‘ldi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.
Jurnalist Anna Sharovalovaga ko‘ra, 15-avgust kuni ham chegarada katta tirbandlik kuzatilgan.
“Haydovchilar bu yerda 2 kundan 6 kungacha vaqt yo‘qotmoqda. Bu holat bir necha yildan beri kuzatilmoqda. Tun bo‘yi 100 dan ortiq mashina 1 kilometr yo‘l bosgan, xolos. Navbat 7 kilometrdan ko‘proqqa cho‘zilgan. Shunisi ham borki, O‘zbekistondan mashinalar Qozog‘istonga tezroq qo‘yib yuborilmoqda”, — deydi Anna Sharovalova.
Jurnalistning ta’kidlashicha, mahsulotlar orasida tez buziladiganlari ham bor. Bir necha kunlik kutish tufayli suv yetishmasligi katta muammoga aylangan. Bu 40 darajali jaziramada yuz berayotgan holat.
Izoh (0)