Baykal ko‘lidagi Olxon oroli yaqinida Yak-12 yengil motorli samolyoti halokatga uchradi va ko‘l tubiga cho‘kib ketdi, deb yozadi “Vesti.ru”. Uchuvchi mustaqil tarzda kabinadan chiqib oldi, uni avariya guvohlari qirg‘oqqacha olib borib qo‘ydi. Qutqarish jarayonini videoga olishdi.
Hodisa Xujir qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan. Kadrlarda suv ostiga kirib ketayotgan samolyot dumida turgan uchuvchini gidroskuter mingan odam chiqarib olayotganini ko‘rish mumkin. Yaqinga kelgan kema kapitani tomonidan bildirilgan yordam takliflarini ular rad etgan. Bir necha daqiqadan keyin Yak-12 ko‘l tubiga cho‘kib ketdi. Halokat sabablari haqida xabar berilmagan.
https://www.facebook.com/SoloninaGalina/videos/1883628898350100/?t=0
Izoh (0)