Norvegiya baliq xo‘jaligi vaziri Per Sandberg Eronga tashrifi davomida xavfsizlik qoidalarini buzganligi uchun iste’foga chiqdi, deb yozadi Meduza.
U, shuningdek, Norvegiya Taraqqiyot partiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimini ham tark etdi.
Iyul oyida Sandberg Eronda ta’tilini o‘tkazdi. U bosh vazir devonini qayerga borishi haqida oldindan ogohlantirmagan; Eronda bo‘lganligi haqida Norvegiyaga qaytgandan ikki kun o‘tib ma’lum qilgan.
Bundan tashqari, Sandberg hukumatdagi hamkasblari bilan yozishmalari bo‘lgan xizmat telefonini ham o‘zi bilan olib ketgan. Hozirda qurilmani Norvegiya politsiyasi tekshirmoqda.
Vazir ta’tilga dugonasi — eronlik Bahora Letnes bilan birga borgan. Mojarodan so‘ng politsiya Letnesning Eron hukumati bilan ehtimoliy aloqalarini tekshirishni boshlagan.
Izoh (0)