Turkiya Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda “dollar kursi oshishiga sabab bo‘luvchi” xabarlarni chop etgan bir necha yuzlab akkaunt egalariga nisbatan surishtiruv boshladi, deb yozadi Meduza.
Moliyaviy jinoyatlarni surishtirish bo‘yicha kengash iqtisodiyotni manipulyatsiya qilishga yo‘naltirilgan “yolg‘on yangiliklar”ni chop etish fakti bo‘yicha yuqoridagi kabi surishtiruvni boshlagan.
Oxirgi bir necha kun davomida turk lirasi kursi bir dollar uchun 5,5 dan 6,8 liragacha tushib ketdi. Bu Turkiya alyuminiy va po‘latiga Amerika bojlarining oshirilishi va AQSh bilan munosabatlarning yomonlashuvi fonida yuz berdi.
Izoh (0)