Tojikistonda Ismoil Somoniy cho‘qqisiga ko‘tarilgan alpinistlarni muzlik etaklarida joylashgan tayanch lageriga olib ketayotgan vertolyot halokatga uchradi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 12-avgust kuni yuz bergan, Mi-8 vertolyoti qattiq qo‘nishni amalga oshirgan.
13-avgust kuni ertalab bortida qutqaruvchilar va shifokorlar bo‘lgan ikki vertolyot voqea joyiga — Tojikiston shimolidagi Fortambek muzligi etaklariga uchib ketdi.
Ayni paytda qutqaruvchilar bortdagi alpinistlar va ekipaj a’zolari bilan aloqa o‘rnata olmayapti. Aloqa yo‘qligiga ratsiya batareyalarining o‘tirib qolgani sababchi. Yaqin soatlar ichida alpinistlar va ekipaj a’zolarining holati haqidagi ma’lumot kelib tushishi kerak.
Izoh (0)