Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha kontrakt o‘rinlari asosida o‘qishga kirish shartlari 15-avgust kuni e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

“Oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan oshirilgan to‘lov-kontrakt (superkontrakt) miqdori to‘g‘risidagi ma’lumot 15-avgustda Davlat test markazining ‘DTM.uz’ va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining ‘Edu.uz’ saytlarida e’lon qilinadi”, — deb yozadi bosh vazir o‘rinbosari.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston davlat oliygohlariga kirish test sinovlari 13 kunda — 1-avgustdan 13-avgustgacha bo‘lgan oraliqda to‘liq yakunlandi. Bu yil o‘qishga kirish uchun 675 049 nafar abituriyent hujjat topshirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi