• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandlik ayol nogiron farzandiga fuqarolik pasportini ololmayotganidan shikoyat qildi

    “Daryo” tahririyatiga Samarqand shahridan qo‘ng‘iroq bo‘lib, chorasiz qolgan ayol 2002-yilda bolalar bosh miya falaji bilan tug‘ilgan farzandi Temur Ahrorovning fuqarolik pasporti olishda muammo yuzaga kelgani xususida murojaat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalikdan nogiron bo‘lgan farzandi umuman yurolmaydi, gapira olmaydi. Fuqarolik pasportini olishda muammolar yuzaga kelayotganligidan nima qilishni bilmayotganligini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – Farzandimga pasport to‘g‘rilash maqsadida Samarqand shahridagi 8-son IIB Migratsiya fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga borsam farzandingizni olib keling deydi. O‘g‘lim bolalikdan bolalar bosh miya falaji, surunkali tutqanoq xuruji bilan kasallangan. O‘g‘lim bolalikdan nogiron ekanligini, yura olmasligini tushuntirdim. Hatto rasmini ham ko‘rsatdim. Ammo ular meni tushunishmadi, — deydi Ra’no Quldosheva. – Pasport olish uchun bir oydan beri yugurib yuribman. “Pasportstol” xodimlari rasmga tushiradigan apparat yo‘q deb aytishdi. Axir, nogironlarning uyiga borib pasport berishmaydimi? Nahot ular bu ishni qila olmasa. O‘g‘lim nogiron bo‘lgani uchun hech qayerda ishlay olmayman. Unga doimiy qarovchi odam kerak. O‘zim o‘g‘lim bilan yolg‘iz yashaganimiz uchun uning nafaqasi orqali kun ko‘ramiz. “Pasportstol” xodimlari faqat apparatni bahona qilishadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Samarqand shahridagi 5-son oilaviy poliklinika shifokori Muhiddin O‘rinovning bildirishicha bosh miya falaji va surunkali tutqanoq kasalligi bilan og‘rigan bemorlar doimiy tarzda nazoratda bo‘lishi kerak. Farzandiga qarayotgan Ra’no Quldosheva shu sababli ham boshqa ish qilishga imkoni yo‘q.

    – Tirikchilik, ro‘zg‘or nogiron farzandimning nafaqasi ortidan o‘tadi.  340 ming so‘m nafaqa pulini u oydan bu oygacha yetkazaman. Ammo so‘nggi bor nafaqa pulini olganimda avgust oyida bizga pensiya chiqmasligini bildirishdi. Nogironlik nafaqasini olish uchun esa o‘g‘limning pasporti yo‘qligi muammo bo‘lyapti. Pasport olish uchun esa mening imkoniyatim yo‘q. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, 340 ming so‘m bilan bir oy yashab bo‘ladimi? Hozir pasport olish uchun 90 ming to‘lov qilishim, qolaversa nogiron farzandimning o‘zini olib borishim kerak ekan, deydi Ra’no Quldosheva. – O‘zim mehribonlik uyida katta bo‘lganman. Turmush o‘rtog‘im farzandimning bu ahvolini ko‘rib tashlab ketgan. Nogiron bolalarga qarovchi davlat muassasalalarini borib ko‘rdim. U yerda sharoit yaxshi bo‘lmagani uchun farzandimni yubormadim.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Temur Ahrorovning  fuqarolik pasportini olish bo‘yicha yuzaga kelgan muammo yuzasidan Samarqand shahridagi 8-son Iski ishlar bo‘limi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i Furqat Akramov bilan bog‘lanib masalaga oydinlik kiritdik.

    – Biz fuqarolik pasporti berish bo‘yicha barcha zarur hujjatlarni tayyorlab Samarqand shahar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga yuboramiz. Temur Ahrorov masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, biz hali biror marotaba bolangizni o‘zingiz olib keling deb aytganimiz yo‘q, — deydi Furqat Akramov. – Temur Ahrorov pasport olishi uchun barcha hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashamiz. Zarur hujjatlarni tayyorlab yuboramiz. Ammo pasport olish, rasmga tushish va boshqa masalalarni Samarqand shahar Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi hal qiladi.

    Samarqand viloyatida nogiron fuqarolarga pasport berish masalasi shu darajada muammoga aylanganmi? Nogironlarni pasport uchun rasmga tushiradigan maxsus apparat yo‘qmi? Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga pasport olishda biror bir imtiyoz berilmaganmi? O‘ylaymizki, bu masalada Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi mutasaddi rahbarlari tomonidan alohida e’tibor qaratilib, tegishli choralar ko‘riladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    – Farzandim bilan bog‘liq muammolarni hal qilish maqsadida Samarqand shahar hokimligiga bordim. U yerda Aziz Sobirov degan inson bilan gaplashdim. Ammo u kishi ham hokimiyat hech qanday yordam bera olmasligini aytdi. Men farzandim nogiron ekanligi uchun boshqalarga o‘xshab uyalib yurmayman. Farzandim uchun qo‘limdan nima kelsa hammasini qilaman. Afsuski, hozir imkoniyatim yaxshi emas. Shu boisdan ham pasport olish uchun amalga oshirish lozim bo‘lgan 90 ming so‘m pulni to‘lashga qurbim yetmayapti, — deydi Ra’no Quldosheva. – Men ham farzandim boshqa bolalarga o‘xshab istirohat bog‘larida aylanishini istayman. Mayli biror bir attraksionda uchmasin, shunchaki aylansin. Agar biror bir homiy chiqib bu ishni amalga oshirishga yordam bersa xursand bo‘lardim.

    Ushbu masalani o‘rganish barobarida qiziq bir holatga duch keldik. Bu yil 16 yoshga kiradigan Temur Ahrorovga shu vaqtga qadar biror marotaba ham nogironlik aravachasi berilmagan ekan. Vaholanki, har yili 3-dekabr Xalqaro nogironlar kunida Samarqand shahar hokimligi tomonidan nogironlarga qaratilayotgan e’tibor, ularga berilayotgan sovg‘a-salomlar xususida bot-bot gapiriladi. Samarqand shahar hokimligi tomonidan bolalikdan nogiron Temur Ahrorov e’tiborda chetda qolib ketishining sababi nimada? Bu savolga Samarqand shahar hokimligi tomonidan javob kutib qolamiz.

    Farhod Norbo‘tayev, jurnalist

    09.08.2018, 11:27   Izoh (0)   21865
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Rossiyaning “Sistema” kompaniyasi bosh aksiyadori Yevtushenkovga O‘zbekiston va Qrim bilan noqonuniy operatsiyalar uchun sanksiyalar kiritmoqchi

    09.08.2018, 11:00

    O‘zbekistonda qonunchilik bazasi to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi

    09.08.2018, 10:47

    Raiffeisen Bank delegatsiyasi O‘zbekistonda muzokaralar o‘tkazadi

    09.08.2018, 10:24

    O‘zbekistonda bolani bog‘chadan olib ketadiganlar ro‘yxatiga bobo-buvisi ham kiritildi

    09.08.2018, 09:38

    Sud Aqto‘beda yongan avtobus bo‘yicha ishni ko‘rib chiqishni keyinga qoldirdi

    09.08.2018, 09:14

    Ulug‘bek Qosimxo‘jayev: Jahon O‘zbekistonning turizm salohiyatidan yaxshi xabardor emas (video)

    09.08.2018, 08:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yangioboddagi sobiq uran konida rekultivatsiya ishlari yakunlandi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 21:15

    “Tolibon” go‘zallik salonlarini ommaviy yopishni boshladi

    Afg'oniston | 10 avgust, 20:40

    Janubiy Koreya armiyasi 20 foizga qisqardi

    Dunyo | 10 avgust, 20:10

    “Al-Hilol” Levandovskini sotib olmaydi

    Sport | 10 avgust, 19:57

    Hayvonlarni identifikatsiya qilish: jonivorlar egasining huquq va majburiyatlari qanday?

    O‘zbekiston | 10 avgust, 19:45

    ”Fransiya prezidenti o‘ziga tobut tayyorlab qo‘ygani ma’qul” — isroillik ravvin

    Dunyo | 10 avgust, 19:10

    Saudiya Arabistoni “Hizbulloh” omborini ko‘zdan kechirish vaqti portlab ketgan Livan harbiylariga hamdardlik bildirdi

    Dunyo | 10 avgust, 18:40

    Xitoy amaldorlar uchun yig‘ilish va hisobotlarga qat’iy cheklov kiritdi

    Dunyo | 10 avgust, 18:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.