AQSh Davlat departamenti Rossiyaning “Sistema” aksiyadorlik moliya korporatsiyasining bosh aksiyadori Vladimir Yevtushenkovga qarshi sanksiyalar kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb yozadi “RBK”. Bu haqda so‘rovni yuborgan kongressmenlar Ileana Ros-Leytinen va Mak Uolker ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, choralarni CAATSA (Amerikaning dushmanlariga sanksiyalar orqali qarshi turish to‘g‘risida”gi) qonuniga muvofiq, Qrim va O‘zbekiston bilan noqonuniy operatsiyalar uchun joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Kongressmenlar da’vo qilishicha, “Sistema” AMK yarim orol hududidagi qurilishda qatnashmoqda.
“Sistema” AMK matbuot xizmati kompaniyaning bunday loyihalardagi ishtirokini rad etdi.
Shunday voqealar fonida “Sistema” AMK aksiyalari 8-avgust kuni Moskva birjasidagi savdolar ochilishida 4,5 foizga arzonlashdi.
Izoh (0)