AQSh 7-avgustdan Eronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklashning birinchi bosqichini boshlaydi. Ushbu sanskiyalar 2016-yilning yanvarida bekor qilingan edi, deb yozadi “TASS”.
7-avgust, seshanbadan Tehron bilan oltin va bir qator metallar bilan savdo qilish, uning milliy valyutasi bilan operatsiyalar va davlat qarziga nisbatan cheklovlar, shuningdek, Eron hukumatiga dollar sotishga taqiq tiklanadi.
Bu haqda 6-avgust kuni telefon orqali brifingda ma’lum qilgan Amerika ma’muriyatining vakili 5-noyabrga belgilangan ikkinchi bosqich iqtisodiyotning qaysi sohalariga daxl qilishiga aniqlik kiritdi.
Izoh (0)