Fransiya O‘zbekiston qovun va anorlariga nisbatan taqiqlarni bekor qildi. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi, deb yozadi Spot.
Bunga tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiya Qishloq xo‘jalik vazirligida o‘tkazgan muzokaralardan so‘ng erishildi.
“Ayni paytda respublika Fransiyaga xomashyo bo‘lmagan eksportini kichik hajmlarda amalga oshirmoqda. Bu ichki mahsulotning talabchan Yevropa bozoriga chiqishi murakkabligiga bog‘liq. Biz standartlarimizni Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiqlashtirish yo‘li bilan o‘zbek mahsulotlarining Yevropa bozorlariga chiqishini maksimal darajada osonlashtirish uchun Yevropa Ittifoqi, shu jumladan, Fransiya bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Shu yo‘l bilan meva-sabzavot va to‘qimachilik mahsulotlarining mavjud salohiyatini ro‘yobga chiqarishimiz mumkin”, — deydi Jamshid Xo‘jayev.
Safar davomida vazir, shuningdek, sarhil mahsulotlarning dunyodagi eng yirik ulgurji bozori “Ranjis”ga tashrif buyurdi.
Izoh (0)