Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-avgust kuni Indoneziyaning Lombok orolida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya xalqi va prezident Joko Vidodoga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev jarohat olganlarning tez orada sog‘ayib ketishiga tilak bildirdi.
Ma’lumot uchun 5-avgust, yakshanba kuni Lambuk orolda 6,9 balli zilzila yuz berdi. Avvalroq 80 nafar, keyin 91, bugun esa 142 kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilindi. Yer silkinishlari qo‘shni Bali orolida ham sezilgan. Qayd etilishicha, Balida 2 kishi halok bo‘lgan.
Bu bir hafta ichida Balida yuz bergan ikkinchi zilziladir. 29-iyul, yakshanba kuni orolda 6,4 balli yer silkinishlari qayd etilgan. Shu kuni mahalliy hukumat 10 kishining halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgan. 30-iyul, dushanba kuni qurbonlar soni 14 taga yetgan. Mingdan ortiq binoga ziyon yetgan. Zilzila 7 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Izoh (0)