Asosiy dori vositalarining ro‘yxati Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ro‘yxatga jami 820 ta dori vositasi kiritilgan.
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, O‘zbekistonda asosiy dori vositalari ro‘yxati ikki yilda kamida bir marta ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur ro‘yxatga kiritilgan dori vositalari davlat tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘lishini nazorat qilib boradi.
Izoh (0)