Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga Nurmat Satiniyazovich Atabekov tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Atabekovga institut ilmiy darajasi va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, yuqumli kasalliklar sohasidagi diagnostika, davolash va profilaktika ishlarida innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, yuqori texnologiyali tibbiy yordamga bo‘lgan talabni qondirish vazifasi yuklatildi.
Bundan tashqari, u yuqumli kasalliklar sohasida yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsion modellarni keng qo‘llash, tizimda axborotlarning faol almashinuvini ta’minlash singari vazifalarga ham mas’ul e’tib belgilandi.
Nurmat Atabekov bungacha Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)