• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Farg‘onada tez yordam kelgunicha vafot etgan otaxonning nevarasi shifokorni urdi. Shifokorning ahvoli og‘ir, SSV huquq-tartibot organlariga murojaat qildi

    Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani, Poloson qishlog‘ida yuz bergan voqea yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tezkor o‘rganish ishlarini olib bordi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

    3-avgust kuni soat 16:30 da Poloson qishlog‘i, Mozortagi ko‘chasi, 50-uyda istiqomat qiluvchi, 1949-yilda tug‘ilgan Mirzajalil Hakimovning bexush yotganligi to‘g‘risida qarindoshlari tomonidan tuman markaziy tez tibbiy yordamiga murojaat kelib tushgan.

    Chaqiruv markaziy tez tibbiy yordami bo‘limi orqali qabul qilinib, soat 16:31 da 89-qishloq oilaviy poliklinikasiga uzatilgan. Tez tibbiy yordami xodimlari, ya’ni shoxobchaning navbatchi vrachi Shuhratbek Sirojiddinov va hamshira Umidaxon Husanova shu zahoti — soat 16:32 da chaqiruvga chiqib ketgan.

    Xonadonga tez tibbiy yordami brigadasi soat 16:36, ya’ni 4 daqiqa ichida yetib borgan. Vazirlik axborot xizmatining qayd etishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018-yil 19-fevraldagi 105-sonli buyrug‘ida tez tibbiy yordami brigadasi chaqiruvga 25 daqiqa ichida yetib borishi belgilangan.

    Navbatchi vrach tez tibbiy yordami mashinasidan tushib bemorni ko‘rish uchun shoshib kirib ketayotgan paytida bemorning nabirasi shifokorni haqorot qilib, besabab do‘pposlagan. Vrach Shuhratbek Sirojiddinov bosh va qulog‘i aralash bexosdan tushgan kuchli zarbadan og‘ir miya jarohati olishi hisobiga hushidan ketib yiqilgan.

    “Shunday vaziyatda ham o‘z xizmat vazifasini unutmagan hamshira Umidaxon Husanova bemorni kirib ko‘rganda bemor allaqachon vafot etganligi, hatto bemorning qarindoshlariga xabar berilib, ular yetib kelganiga guvoh bo‘lgan”, — deyiladi vazirlik axborot xizmati axborotida.

    Vrach Shuhratbek Sirojiddinov ham birozdan so‘ng hushiga kelgach, o‘rnidan turib bemorni ko‘rgani kirganida 70 yoshga kirgan Mirzajalil Hakimovning bir necha daqiqa avval vafot etganligi, murda allaqachon sovib bo‘lganligi va hatto qarindoshlari murdaning iyagini xam bog‘lab qo‘yganini ko‘rgan.

    Vrach Shuhratbek Sirojiddinov o‘rnidan turayotganda olgan og‘ir jarohati hisobiga yana hushidan ketib yiqiladi va tez tibbiy yordami mashinasida Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordami bo‘limiga “Og‘ir kalla miya jarohati, bosh miya chayqalishi, chap quloq suprasi atrofi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, chap quloq pardasining yirtilishi” tashxisi bilan og‘ir ahvolda yotqiziladi.

    Bemorga viloyat markazidan yuqori malakali, oliy toifali shifokorlar — reanimatolog Natalya Kitayeva, neyroxirurg Baxtiyorjon O‘rinov va otorinolaringolog Shuhrat Turg‘unboyev yuborilib, konsilium o‘tgazildi. Konsilium xulosasiga binoan bemorning ahvoli og‘ir baholanib, davo muolajalarini davom ettirilishi tavsiya etildi.

    “Shu o‘rinda qayd etish lozimki, shifokorlar tomonidan minglab xonadonlarga borib, beminnat ko‘rsatgan xizmatlari uchun xalqning hurmatini qozonib kelgan. Lekin ba’zi bir yuqoridagi kabi malakali shifokorlarning do‘pposlanishi va haqoratlanishi tibbiyot xodimlarining himoyasiz ekanligidan dalolat bermoqda. Bunday holatlar oxirgi paytlarda tez-tez uchrayotgani tajribali shifokorlarning birlamchi tizimdan ketib qolishlariga sabab bo‘lmoqda. Shu bois har bir tibbiyot xodimining haq-huquqlarini himoya qilish, munosib rag‘batlantirishni kuchaytirish borasida huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etish yuzasidan izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
    Qayd etishlaricha, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun Farg‘ona viloyat huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilingan.

    05.08.2018, 19:35   Izoh (0)   63792
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    4-avgust kuni bo‘lib o‘tgan test imtihonlari natijalari e’lon qilindi

    05.08.2018, 19:16

    Qashqadaryoda sud qarorisiz iste’molchiga noqonuniy hisoblangan qarzdorlik bekor qilindi

    05.08.2018, 18:56

    Qoraqalpog‘istonda investitsion loyihalarning ijrosi elchilar bilan muhokama qilindi

    05.08.2018, 18:11

    “ArMI—2018”: O‘zbekiston ikkita tanlovda ham uchinchi o‘rinni egalladi

    05.08.2018, 16:26

    Toshkentda avtobus bilan to‘qnashuv sodir etgan inkassator mashinasi haydovchisiga hukm chiqarildi (video)

    05.08.2018, 15:26

    Shabboz bozorida o‘g‘rilikda gumonlangan shaxsni osib qo‘ygan yana 3 kishi qo‘lga olindi

    05.08.2018, 14:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron terma jamoasi hujumchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

    Sport | 15 iyul, 15:15

    Medvedev “Trampning dekorativ ultimatumi” Rossiyaga ahamiyatsiz ekanini aytdi

    Dunyo | 15 iyul, 15:10

    Toshkentdagi International mehmonxonasi Rossiya kompaniyasi boshqaruviga beriladi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 15:00

    Xalit Ergench, Hande Erchel va boshqa mashhur turk aktyorlarining menejeri nima sababdan sudlanmoqda?

    Kino | 15 iyul, 14:47

    Ronaldu yangi mavsum “An-Nassr”ning 25 foiz o‘yinida maydonga tushmaydi

    Sport | 15 iyul, 14:20

    Bolalarni it kabi akillatgan defektologga yana jinoiy ish ochildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 14:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.