Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanidagi Shabboz bozorida o‘g‘rilikda gumonlangan shaxsni qo‘llarini arqon bilan bog‘lab, bozorning kirish darvozasi ustuniga osib qo‘ygan fuqaro U.A. bilan birga X.S., X.G‘. va M.Sh. ham bo‘lganligi aniqlanib, ushlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Surishtiruv jarayonida U.A., X.S. va M.Sh. jinoiy harakatlarini sodir etishga voyaga yetmagan shaxsni ham jalb qilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 127-moddasi (“Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish”), 138-moddasi (“Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish”), 277-moddasi (“Bezorilik”) va 229-moddasi (“O‘zboshimchalik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tergov tafsilotlari haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
Izoh (0)