Toshkentdagi avval yopiq bo‘lgan yana bir ko‘chada avtotransportlar harakati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun, 4 avgust kuni Bo‘zko‘cha ko‘chasining Buyuk Ipak yo'li ko‘chasiga tutashgan qismida transportlar harakatini tiklash ishlari boshlab yuborildi”, — deyiladi IIBB axborotida.
IIBB matbuot xizmatining ishonch bildirishicha, “ushbu ko‘chaning ochilishi haydovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishi shubhasiz”.
Avvalroq Oybek ko‘chasidagi Fidokor (sobiq Chexov) va Said Baraka ko‘chalari bilan kesishgan, avval yopiq turgan chorrahalar qayta tiklangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)