Samarqand viloyatida 2-avgust kuni tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, viloyatning Samarqand tumani Rajabamin mahallasida yashovchi O‘.R. o‘z uyida qudasi, shu mahallada yashovchi M.N. bilan janjallashib qolgan.
“O‘zaro janjal sabab u qudasining boshiga temir bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan”, — deyiladi IIV axborotida.
Hozirda boshidan zarb yegan quda kasalxonaga yotqizilgan, uni urgan qiziqqon quda esa ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlangan.
Izoh (0)