O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-avgust kuni Krasnoyarskda vertolyot qulagani oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
4-avgust kuni Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Hodisa oqibatida vertolyotda bo‘lgan — ekipajning uch nafar a’zosi va 15 nafar yo‘lovchi — jami 18 kishi halok bo‘ldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot o‘zidan oldinda ketayotgan vertolyotning yukiga parraklari bilan tegib ketishi oqibatida qulagan.
Izoh (0)