“O‘zekspomarkaz”da 3-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universitetiga kirish test imtihonlari vaqtida “parovoz”lar qo‘lga tushdi. Bu haqda “Yoshlar” telekanalining “Yangi Davr” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
“O‘zekspomarkaz”dagi binolardan birida sakkiz yigit boshqa abituriyentning o‘rniga imtihonga kirgani aniqlangan. Toshkent davlat pedagogika universiteti matematika fakultetini tamomlagan bir qiz esa dugonasining tanishi o‘rniga imtihonga kirgan.
Ularning bari yuzni tanish texnologiyasi va videokuzatuv kameralari orqali fosh etilgan.
Izoh (0)