Toshkent shahrining Sergeli tumanida yashovchi M.J. 1-avgust kuni Epica mashinasida Qumariq ko‘chasida yo‘lovchi sifatida o‘tirgan maktab o‘quvchisi K.M. ismli qizni uyi oldiga olib borib qo‘yadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Haydovchi shu asnoda qizni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, 50 000 so‘m pulini tortib oladi va voqea joyidan yashirinadi.
Ko‘rilgan choralar natijasida M.J. ushlandi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)