Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 4-avgustga o‘tar kechasi ikkita yong‘in qayd etildi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, 3-avgust kuni soat 23:16 da Mirzo Ulug‘bek tumani Ziyolilar ko‘chasida joylashgan, Krantas Group kompaniyasiga tegishli yig‘ish sexida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar tushgan.
Yong‘in 00:28 ga kelib to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida sexning ichki va tom qismlari yonib zararlangan, deb yozadi IIV. Qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Dastlabki taxminga ko‘ra, yong‘in elektr uskunalari nosozligidan kelib chiqqan.
Shu kuni 23:28 da Mirzo Ulug‘bek tumani Muhammad Yusuf ko‘chasidagi to‘rt qavatli binoning uchinchi qavatida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar tushgan. Zudlik bilan voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib borgan.
Yong‘in 23:50 ga kelib to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)