Nigeriyaning shimoli-g‘arbidagi Sokoto shtatida qayiqning ag‘darilib ketishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy hukumatga tayanib, “Sinxua” agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 2-avgust, payshanba kuni yuz bergan. 50 ga yaqin odamni olib ketayotgan qayiq kuchli to‘lqinlar oqibatida ag‘darilib ketgan, oqibatda 17 nafar ayol va to‘rt nafar bola halok bo‘lgan. 29 kishining hayoti saqlab qolingan.
Mahalliy gazetaning ma’lum qilishicha, yo‘lovchilarning aksariyati jangarilar hujumi sababli qochishga majbur bo‘lgan qishlog‘iga qaytayotgan edi.
Izoh (0)