• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Senatining budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi jamoatchilikka hisobot taqdim etdi

    2018-yilning o‘tgan davrida qonunchilik faoliyati doirasida Senat tomonidan o‘tgan yildagidan 1,5 marotaba ko‘proq masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda 2-avgust kuni Milliy matbuot markazida budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

    Foto: Senat axborot xizmati

    Foto: Senat axborot xizmati

    Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi joriy yilning o‘tgan davri mobaynida o‘z sohasiga oid asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarni kuchaytirdi.

    Qo‘mitaning birinchi yarim yillikdagi faoliyatiga va ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida hisobot davrida 5 ta majlis o‘tkazilib, ularda qo‘mita vakolatlariga taalluqli 18 ta masala, shu jumladan budjet, moliya sohasi va iqtisodiy islohotlarga doir 3 ta qonun ko‘rib chiqilganligi ta’kidlandi. Jumladan, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) qonunlar ko‘rib chiqildi.

    Qo‘mitaning nazorat-tahliliy faoliyati qonunlar, davlat dasturlari va boshqa qonun hujjatlari ham mamlakat, ham hududlar miqyosida ijro etilishini o‘rganishga qaratildi. Bir qator nazorat tadbirlari, seminarlar, davra suhbatlari va konferensiyalar o‘tkazildi. Xususan, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq Senatning mutlaq vakolatlarini bajarish doirasida Markaziy bankning 2017-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobot, Hisob palatasining o‘tgan yildagi faoliyati haqidagi hisobot, shuningdek Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi qonun hamda fond birjasini rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlarni ijro etish holati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

    Qo‘mita tomonidan hisobot davrida o‘tkazilgan konferensiyalar va seminarlar doirasida valyuta siyosatini erkinlashtirish masalalari, soliq siyosatining zamonaviy yo‘nalishlari, qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish istiqbollari, raqamli iqtisodiyot sharoitida korporativ boshqaruvni rivojlantirishning asosiy tendensiyalari, bank-moliya sektorini innovatsion rivojlantirishning turli jihatlari muhokama etildi, shuningdek qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati keng tushuntirildi.

    Qo‘mita a’zolari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning 8725 ta murojaati ko‘rib chiqildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal qilish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga senatorlarning 40 ta murojaati yuborildi. Buning natijasida fuqarolarning yillar davomida yig‘ilib qolgan ko‘plab muammolari hal etildi.

    Masalan, Qo‘mitaga Jizzax viloyati Baxmal tumani “Tongotar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Qo‘shtepa va O‘ray qishloqlari aholisidan qariyb 3,5 ming mahalliy aholining suv bilan yetarlicha ta’minlanmagani haqida murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaat yuzasidan O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovga Senat a’zosining so‘rovi jo‘natildi. Senator so‘roviga berilgan javobda aholi suv ta’minotini yaxshilash masalasi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning bu yilgi manzilli dasturga kiritilgani qayd etildi. Shunday qilib, Qo‘mita tomonidan ko‘tarilgan masala O‘zbekiston Prezidentining “Jizzax viloyati aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-maydagi Qarorida o‘z yechimini topdi.

    Shu bilan birga, Qo‘mita a’zolari iqtisodiy islohotlarni tatbiq etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishtirish, bank-moliya tizimi barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik va xususiy biznesni rivojlantirish sohasida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan ishlar olib bormoqda.

    Umuman olganda, Senatda va joylarda 3500 ta qabul amalga oshirildi, shu jumladan Qo‘mitada doimiy asosda ishlovchi senatorlar tomonidan 79 nafar fuqaro qabul qilindi.

    02.08.2018, 19:03   Izoh (0)   9017
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi maxsus maktabda bolalarni qiynoqqa solgan sobiq xodim ham hibsga olindi

    02.08.2018, 18:00

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tergov bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqdi

    02.08.2018, 17:20

    “Daraxt kesishni taqiqlashning imkoni yo‘q” — Deputatlar jamoaviy murojaatga javob berdi

    02.08.2018, 17:05

    Toshkent shahar IIBB delegatsiyasi Janubiy Koreyaga tashrif buyurdi

    02.08.2018, 16:39

    Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi Shabboz bozorida o‘g‘rilikda gumon qilingan yigit qo‘lidan osib qo‘yildi (video)

    02.08.2018, 15:51

    Qozoq matbuoti: Qozog‘iston o‘ylab o‘tirguncha O‘zbekiston dadil qadamlar bilan ilgarilab ketmoqda

    02.08.2018, 15:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.