Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xajiyev boshchiligidagi delegatsiya Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanga keldi. Bu haqda Reuters manbasiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Safar davomida ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda KXDR tomonidan mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sin Xon Chol ishtirok etdi.

Tomonlar Pxenyanda tashkil etilgan siyosiy maslahatlashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda katta rol o‘ynashiga ishonch bildirdi. Ikki tomonlama aloqalarning jadal rivojlanishiga turtki beruvchi Turkmaniston va KXDR rahbarlari darajasidagi siyosiy muloqotni ta’minlash muhim ekanligi qayd etildi.

Energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalar o‘zaro manfaatdorlik kasb etuvchi jabhalar sifatida ta’kidlandi.

Muzokaralardan so‘ng tomonlar Turkmaniston va KXDR TIV o‘rtasida 2018—2020-yillarda hamkorlik qilish bo‘yicha dastur hamda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlar bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi