Dilmurod Nabiyev O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vaziri etib tayinladi. Bu haqda, hukumatdagi manbasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Nabiyev ushbu lavozimda Shoakram Isroilovni almashtirdi — Isroilov o‘tgan chorshanba kuni vazirlik jamoasi bilan xayrlashgan edi.
Ushbu tayinlovga qadar Dilmurod Nabiyev 2017-yil iyunidan beri oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Nabiyev 2014—2016-yillarda O‘zbekiston Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi o‘rinbosari, 2016—2017-yillarda esa Vazirlar Mahkamasining ta’lim, fan va yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha axborot-tahlil bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)