AQShning Nyu-Jersi shahrida o‘zbekistonlik ayol ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “NJ.com” xabar bermoqda.
23 yoshli Shabnamxon Usmonova o‘z velosipedida ketayotganida uni Mazda 3 avtomobili haydovchisi urib yuborgan.
Usmonova Jersi Shor universiteti qoshidagi tibbiyot markaziga og‘ir ahvolda olib ketilgan. Ayol avariya oqibatida ko‘p jarohat olgan.
Mazda 3 haydovchisi 32 yoshli Timoti Kellersning ahvoli qoniqarli ekanligi aytilmoqda.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Shabnamxon Usmonovaning haqiga duoda bo‘lishini ma’lum qildi.
Izoh (0)