Joriy yilning 29-iyul kuni soat 17:35 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga fuqaro D.Abduvaliyev yordam so‘rab murojaat qildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Murojaatchiga ko‘ra, sayohatchilar Bo‘stonliq tumani tog‘larida adashib qolgan.
“Chimyon” qutqaruv otryadi qutqaruvchilari tezkorlik bilan voqea joyiga chiqib, qidiruv ishlarini boshlab yubordi.
30-iyul kuni tongda, soat 05:30 da adashganlar topildi.
Qutqaruvchilar tomonidan ularga yordam ko‘rsatilib, aholi punktiga evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)