Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov Hindistonning qurilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi Ping Pong Global Limited kompaniyasi vitse-prezidenti Vohid Alimirza boshchiligidagi ishbilarmonlarni qabul qildi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.
Muloqot chog‘ida viloyat rahbari ayni paytda mamlakatda ulkan qurilish ishlari olib borilayotgani, bunda mahalliy quruvchilar bilan birga xorijlik mutaxassislar ham hamjihat faoliyat yuritayotganini ta’kidladi. Xususan, viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida xorijlik mutaxassislarning ishtirokidan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.
V.Alimirza kompaniya 1991-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgani, dunyoning 21 davlatida ma’muriy va madaniy binolar, mehmonxonalar, savdo majmualari, villalar qurib foydalanishga topshirgani, bozor narxlaridan arzon, ammo sifat jihatdan jahon talablariga javob beradigan imoratlar qurishda katta tajribaga ega ekanini bildirdi.
Safar davomida hindistonlik ishbilarmonlar Samarqand shahrida bunyod etilayotgan qurilish obyektlari bilan tanishdi.
Izoh (0)