O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 27-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida yo‘l-transport hodisalarining ko‘payib borayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.
Prezident matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, 2018 yilning dastlabki olti oyida ro‘y bergan YTHlar oqibatida 943 kishi halok bo‘lgan. Bu — birinchi yarim yillikdagi 181 kun davomida har kuni kamida 5 kishi yo‘llardagi avariyalar oqibatida qurbon bo‘lgan, degani.
Izoh (0)