O‘zbekistonda eng noyob avtomobillardan ikkitasi boshlang‘ich narxlar bilan sotuvga qo‘yildi. Bu haqda E-ijro Auksion xabar berdi.
Ulardan birining boshlang‘ich narxi 527 million so‘m, ikkinchisiniki 648 million so‘m deb belgilandi. Mazkur auksionda qatnashish uchun avtomobillar boshlang‘ich qiymatining 5 foizi miqdorida zakalat puli (tegishli ravishda 26 million va 32 million so‘m) to‘lash kerak.
Ushbu antikvar transport vositalari sud qarori bilan auksionga qo‘yilgan. Arizalar 31-iyulga qadar qabul qilinadi. Kimoshdi savdosi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, ushbu avtomobillar kimoshdi savdosiga bir necha bor chiqarilgan, biroq xaridorlarini topmagandi.
Izoh (0)