BMT xavfsizlik kengashida AQSh vakillari Rossiyaning Yaqin Sharq bo‘yicha tashabbusini bekor qildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
BMT xavfsizlik kengashida Rossiya Falastin va Yaqin Sharqdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan kelishuvlarning daxlsizligini ta’minlaydigan loyihani ishlab chiqishni taklif qilgan.
“Afsuski, AQSh delegatsiyasi o‘z tuzatishlari bilan chiqish qildi, natijada vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha kelishilgan barcha asosiy jihatlar inkor qilindi”, — deya Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilligida xabar qilindi.
Rossiya tashabbusi xavfsizlik kengashining aksariyat a’zolari, jumladan, Quvayt, Boliviya va Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Izoh (0)