Suriyalik qochoqlarning aksariyat qismi vataniga qaytishni emas, Yevropa mamlakatlarida yashab qolishni istamoqda. Bu haqda Rossiya TIV vakili Nikolay Bursev ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Suriyalik qochoqlarning aksariyat qismi Fransiya, Malta, Germaniya, Buyuk Britaniya, Daniya, Shvetsiya, Finlyandiya kabi Yevropa mamlakatlarida doimiy yashab qolish istagida ekanligini ta’kidlash lozim”, — dedi Bursev Rossiya TIV va Boshqarmalararo muvofiqlashtirish shtabining qochoqlarni Suriya hududiga qaytarish yuzasidan yig‘ilishida.
Izoh (0)