O‘zbekistonda aprel oyidan buyon ilk marta dollar kursi ko‘tarildi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar bermoqda.
24-iyul holatiga ko‘ra, dollar kursi 7789,3 so‘mga teng. O‘tgan hafta davomida kurs 1,5 so‘mga ko‘tarilgan.
Fevral oyidan boshlab ilk marta dollar kursi 1 so‘mdan ortiqqa oshgan. Shundan keyin dollarning so‘mga nisbatan qiymati tushishda davom etgan.
Yevro kursi ham oshgan. Hozirda 1 yevro 9127,6 so‘mga teng. Rossiya rubli esa arzonlashda davom etmoqda. Rubl kursi 1,7 so‘mga arzonlab, hozirda 122 so‘mga teng.
Izoh (0)