• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda tarbiyalanuvchilariga zo‘ravonlik qilingan maxsus maktab Bosh prokuratura va XTV tomonidan nazoratga olindi

    Samarqanddagi alohida saqlash sharoitlari, tarbiya va ta’limga muhtoj o‘g‘il bolalar uchun mo‘ljallangan 64-ixtisoslashgan maktab tarbiyachilari va rahbarlari tarbiyachilarni kaltaklab kelmoqda. Bu haqda jabrlanuvchilardan birining onasi Muhabbat Mirzayeva “Gazeta.uz”ga ma’lum qildi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, maktab xodimlari, direktor va uning o‘rinbosari tizimli ravishda bolalarni kaltaklab, jismoniy va ruhiy bosim o‘tkazib, dars va mashg‘ulotlar o‘tkazmasdan, bolalarni og‘ir jismoniy mehnatga jalb qilmoqda, yomon ovqatlantirib, tez-tez ularni och qoldirmoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    O‘zbekistonda yagona bo‘lgan ushbu ixtisoslashgan maktabda og‘ir xulq-atvorga ega, uzoq muddat hisobga turgan, xavfli xatti-harakatlarni sodir etgan, biroq jinoiy javobgarlikka tortish yoshiga yetmagan 11−16 yoshdagi voyaga yetmagan bolalar joylashtiriladi. Bu yerga individual profilaktik ishlar olib borilganiga qaramasdan huquqbuzarlik yoki boshqa g‘ayriijtimoiy harakatlarni sodir etishda davom etuvchi bolalar ham keltiriladi. Voyaga yetmaganlar ixtisoslashgan maktabda tuzalishga qadar biroq u yildan ortiq muddat bo‘ladi.

    Muhabbat Mirzayevaning ma’lum qilishicha, uning farzandi Elmurod (2006-yilda tug‘ilgan) Toshkentning Sergeli tumanidagi 237-maktabdan Samarqanddagi maxsus maktabga tez-tez dars qoldirgani, o‘quv jarayonlari vaqtida o‘qituvchilarga halal bergani, sinfdoshlari bilan janjallashgani va urishgani uchun keltirilgan.

    30-mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi o‘smirni bolalar uchun 64-maxsus maktabga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Sud qarorida Elmurod to‘rt yil davomida yettita turli maktabda o‘qigani, o‘ta tajovuzkor bo‘lgani, uning ustidan ko‘p miqdordagi shikoyat va arizalar tushgani qayd etiladi.

    Aprelda maktab-internatga o‘tkazilganidan so‘ng bola direktor Shuhrat Sadinov va uning tungi smenada tarbiyachi bo‘lib ishlovchi jiyani Sherzod Ochilov tomonidan kaltaklangan, deya tasdiqlamoqda Muhabbat Mirzayeva.

    Onaning tan olishicha, o‘g‘lining xulq-atvori haqiqatdan ham og‘ir, ammo kuch ishlatish yo‘li bilan tarbiyalash noto‘g‘ri, deb hisoblaydi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Bolalar sodir bo‘lgan ishlar haqida nimadir deyishga qo‘rqishadi, ularni qo‘rqitishadi. Sherzod Ochilov o‘g‘limni boshqa bola bilan urishgani uchun kaltaklagan. Direktor uning yuzidagi momataloqni ko‘rgan, uni o‘z xonasiga chaqirgan va kim urganini so‘ragan. O‘g‘lim: ‘Sherzod aka’, — deb javob bergan. Direktor uni urib, savolni takrorlagan. O‘g‘lim hech narsani tushunmasdan yana Sherzod aka, deb javob bergan. Bu Ochilovning o‘zi kirmaguncha davom etgan va: ‘Seni bolalar urdi, Sherzod aka emas’, — degan”, — deya so‘zlab berdi Muhabbat Mirzayeva.

    U kunduzgi smenadagi tarbiyachilardan biri ham kaltaklaganini bilib olgan.

    Maxsus maktabda o‘n yildan ortiq vaqtdan buyon ishlab kelayotgan tarbiyachi Ra’no Ro‘zmetova (ism-familiya suhbatdoshning iltimosi bilan o‘zgartirildi) Elmurodning onasining so‘zlarini  tasdiqladi.

    “Avval shunday holatlar bo‘lib turardi, lekin bu yili kaltaklashlar ko‘paydi. Isbotlash qiyin, videoga olib bo‘lmaydi, momataloqlarni rasmga olish qoldi”, — deydi u.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Elmurod 19-iyunda kaltaklangan. U boladan tilxat olib, uning onasiga ma’lum qilgan. Shundan so‘ng rahbariyat ariza va Ra’no Ro‘zmetovaning suratlari haqida bilib qolib, uni ishdan bo‘shatishga harakat qilgan.

    “Ularga agar meni ishdan bo‘shatishsa, hammasini so‘zlab berishimni aytdim. Meni lavozimda saqlab qolishdi. Aniqrog‘i, maktab direktori menga tilxat olishga kechikkani, bir oy o‘tib bo‘lganini va javobgarlikka tortib bo‘lmasligini aytdi”, — dedi tarbiyachi.

    Bolalar qo‘rqib qolgan va haqiqatni aytishdan juda cho‘chiydi. Komissiya va ishchi guruhlar tekshirgan vaqtda ular hammasi yaxshi, deyishadi. Agarda ularni maktabdan olib chiqib, maktab xodimlari, tarbiyachi va rahbariyat ishtirokisiz yakkama-yakka suhbat qilishsa, ular haqiqatni so‘zlab berishadi, deb hisoblaydi u.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “Kunduzgi smenada bolalarga 20:00 ga qadar qarashadi. Shundan keyin biz smenani tungi guruhga topshiramiz, ular ertalabki 08:00 gacha qarashadi. Ular bolalar bilan juda qo‘pol muomalada bo‘ladi. Direktor va uning ‘zam’larini aytmay qo‘yaqolay, hatto psixologlar bolalarni kaltaklashadi. Yaqinda psixologlardan biri bolani shlang bilan kaltaklagan. Unga momataloqni ko‘rsatganimda, hech narsa ko‘rmayapman, bu shunchaki quyoshda qoraygan, dedi”, — deydi tarbiyachi.

    Ra’no Ro‘zmetova O‘zbekiston prezidenti virtual qabulxonasining samarasiz ishlashidan ham shikoyat qildi. Uning aytishicha, murojaatlar shikoyat qilingan instansiyalarga qayta yuboriladi. “Biz virtual qabulxonaga yozdik, lekin murojaat yana qaytib maktabga keldi. Direktor 20-iyul kuni yig‘ilishda uchta shikoyat olganini ma’lum qildi. Yana qayerga murojaat qilishimiz mumkin?” — deya savol berdi u.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Maktab xodimasining tan olishicha, bolalar tez-tez bir-birlari bilan urishadi, chunki ularning ko‘pchiligi oila tarbiyasini olmagan. “Biz ularni qayta tarbiyalashimiz kerak, biroq bu ularni urishimiz mumkin, degani emas”, — deya ta’kidladi u.

    Bundan tashqari, tarbiyachi bolalar og‘ir jismoniy mehnatga jalb qilinishini so‘zlab berdi. “Maktabning bir qismini buzdik. Dastlab bolalar qo‘lda katta bolg‘a bilan betonlarni bo‘lakladi. Endi ular temir g‘alvir bilan elab, beton bo‘laklarini qumdan ajratayapti. Qancha chang yutishdi ular?! Keyin temir zambillarda xom ashyoni boshqa joyga tashiydi kichik guruhlar g‘ishtlarni yig‘moqda. Belkuraklarning dastasi yog‘och o‘rniga temirdan”, — deya ma’lum qildi Ra’no Ro‘zmetova.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ixtisoslashgan maktabning sobiq xodimi Marat Baratov (ism va familiya uning iltimosiga ko‘ra o‘zgartirilgan) 2008-yildan buyon direktor bosimi bilan joriy ariza yozguniga qadar shu yerda ishlagan. U internat xodimlari va rahbariyati bolalarga nisbatan qanday zo‘ravonlik usullari qo‘llanilganini so‘zlab berdi.

    Uning ta’kidlashicha, ma’muriyat xodimlari, buxgalterdan tashqari, alkogol ichimliklari iste’mol qilib, keyin tarbiyalanuvchilarga azob berishgan.

    “Bolalarni boks qopiga bog‘lab qo‘yib, ularni kaltaklashgan. Men navoiylik Arslon Aslamov va mehribonlik uyidan bo‘lgan yetim bola Aleksey Xaytunning kaltaklanishiga guvoh bo‘lganman. Ular bolalarni bepusht qilish qilish chov qismiga urishdi”, — dedi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, nosvoy chekkan bolalarni ovqatdan so‘ng darhol ushbu tamaki mahsulotini yutishga majburlashgan. “Bolalar nosvoy chekishga majbur bo‘lgan, ular shunchaki chekishmagan, kechki ovqatdan keyin uni chaynab, keyin yutib yuborishgan. Bir marta avval nos chekmagan navoiylik Shaxzod Jamolovga adashib ikki pachka nosvoyni yutishga majburlashgan. Kuni bilan qaltirab chiqdi u. Hech kim shifokorga xabar bermadi, ularning o‘zlari huqna va boshqa usullar bilan davolashdi”, — dedi sobiq xodim.

    Marat Baratov, uning fikricha bolalarni kaltaklagan maktab xodimlari nomlarini sanab chiqdi. Ular: direktor Sh. Sadinov, o‘quv ishlari bo‘yicha mudir U.Shukurov, ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari E.Vorisov, tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari J.Qo‘chqorov, katta tarbiyachi Zuhriddin, tungi smena tarbiyachisi F.Ro‘ziqulov va tarbiyachi yordamchisi Sh. Ochilov.

    U sanab o‘tilgan xodimlar, jumladan ombor mudiri I. Nishonova direktor Sadinovning yaqin do‘stlari yoki qarindoshlari ekanini ma’lum qildi.

    Bundan tashqari, Marat Baratov 25-maydan buyon maktabda ikkinchi tushlik bekor qilinib, uch martalik ovqatlanish rejimiga o‘tganini so‘zlab berdi.

    Sobiq xodimning tasdiqlashicha, bolalar ur-kaltaklar sababli bolalar tez-tez ta’lim muassasasidan qochib ketadi. Ularni ortga qaytarishgandan keyin o‘z hayotiga nuqta qo‘yishga harakat qiladi.

    Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jasur Qo‘chqorov telefon orqali muloqotda barcha aytilganlarni rad etdi. “Unday bo‘lmagan. Bolalar bilan psixologlar ishlaydi, ular hech qanday jismoniy mehnatga jalb qilinmagan. Ular faqat mashg‘ulot va to‘garaklarga borishadi”.

    Direktor o‘rinbosari maktabda 110 nafar bola ro‘yxatdan o‘tgani, ularning 79 nafari maktabda ekanini ma’lum qildi. “Qolgan bolalar yaxshi xulq-atvori sababli uylariga ta’tilga jo‘natildi”, — dedi u.

    Jasur Qo‘chqorovning tasdiqlashicha, maktabda bolalar o‘zaro urishib, janjallashib turishini tasdiqladi. “Tajovuzkor bolalar bor, ularni jahli chiqqan vaqtida nazorat qilib bo‘lmaydi, kam ta’minlangan oilalar va mehribonlik uylaridan bolalar bor”, — dedi u.

    Maktabdan qochgan tarbiyalanuvchilardan biri Behruzning otasi Bahodir Hamdamov “Gazeta.uz”ga o‘g‘li o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi. Hozir uning ishi Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    “U nima bo‘lganini aytmadi. Uni ertaga maktabga qaytarib olib boraman, deganimda parkka qochib ketdi va u yerda o‘zini osishga harakat qildi. Uni militsionerlar o‘z vaqtida ko‘rib qolishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bolamni kaltaklashgan, u boshida ochiq chandiq bilan kelgan edi. Bundan tashqari, juda qo‘rqqan, maktabdan qochgani uchun ruhiy bosim o‘tkazilgan, Samarqanddan Kattaqo‘rg‘ongacha yugurib kelgan”, — deya aniqlik kiritdi u.

    Yana bir tarbiyalanuvchining onasi maktabda, uning fikricha, haqiqatdan ham zo‘ravonlik holatlariga yo‘l qo‘yilishini ma’lum qildi.

    Muxbir uch marotaba maktab direktori Shuhrat Sadinov bilan bog‘lanishga harakat qildi, biroq u qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

    Nashrning qayd etishicha, Ayni paytda vaziyat Bosh prokuratura va Samarqand viloyat prokuraturasi rahbariyatining shaxsiy nazoratiga olingan, o‘rganishlar boshlangan. Muhabbat Mirzayeva Bosh prokuraturaga tashrif buyurgan, unga rejalashtirilayotgan harakatlar bo‘yicha ma’lumot berilgan.

    Xalq ta’limi vazirligi esa vaziyatni joyida o‘rganish uchun XTV va huquqni muhofaza qilish organlari vakillaridan iborat ishchi guruhini shakllantirdi.

    Muhabbat Mirzayeva shanba kuni uning o‘g‘li Elmurodni direktor yana urgani, uni tushuntirish xati yozishga, xatda tilxatni tarbiyachining bosimi bilan yozishga majbur bo‘lganini yozishga majburlaganini ma’lum qildi.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, psixologlar tarbiyalanuvchilar uchun so‘rovnoma tayyorlab, ularga hech kim urmagani va yaxshi ovqatlantirayotganini ko‘rsatishga majburlangan.

    23.07.2018, 14:30   Izoh (0)   81700
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ochiq savollar. Mutasaddilar nega ularga javob berishdan o‘zini olib qochmoqda?

    23.07.2018, 14:16

    O‘zbekistonda Prezident huzuridagi bolalar va yoshlar huquqlari bo‘yicha vakil ish boshlaydi

    23.07.2018, 14:02

    Shavkat Mirziyoyev: “Kollejni bitirgan bola ariza yoza olmaydi” (video)

    23.07.2018, 13:50

    Toshkent shahar IIBB YHXB yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan chora ko‘rmoqda

    23.07.2018, 13:25

    Gidrotexnika inshootlari hududi chegarasida obyektlar qurish taqiqlandi

    23.07.2018, 12:48

    Facebook’da Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning rasmiy sahifasi ish boshladi

    23.07.2018, 12:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHdagi kompaniya havodan benzin olishni taklif qilmoqda

    Dunyo | 29 may, 20:10

    Uch qahramon: adabiyot va kinodagi arxetiplar

    O‘zbekiston | 29 may, 19:30

    Buxoroga Xitoydan 24 dona zamonaviy avtobus xarid qilindi

    O‘zbekiston | 29 may, 19:40

    Xorazmda 1 mlrd so‘mlik tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasi to‘xtatildi

    O‘zbekiston | 29 may, 19:25

    Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari samolyoti qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 29 may, 19:15

    117 kun davom etgan ochlik — sovet tuzumi tanqidchisi bo‘lgan yozuvchining taqdiri qanday kechgandi?

    Dunyo | 29 may, 19:00

    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

    Reklama | 29 may, 18:00

    Hayotni tubdan o‘zgartirib yuborgan daholar haqidagi 6 ta film va serial

    Madaniyat | 29 may, 18:55

    Nyu Yorkda shahar aholisiga kommunal to‘lovlarni bitkoin orqali amalga oshirishga ruxsat beriladi

    Dunyo | 29 may, 18:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.