Moliya vazirligi 20 milliard so‘mga yaqin asossiz xarajatlar oldini oldi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi Spot.
Birinchi yarimyillikda mablag‘larni davlat budjetidan oluvchi tashkilotlarda o‘tkazilgan moliyaviy nazorat natijasida 21,7 milliard so‘mlik qoidabuzilishlar aniqlandi. Taqqoslash uchun o‘tgan yilning shu davrida mazkur ko‘rsatkich 48,1 milliard so‘mni tashkil etgan.
Bundan tashqari, boshqarma mutaxassislari kameral tekshirishlar davomida xarajatlar smetasiga 17,5 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larning asossiz kiritilishi oldini olgan. Pullar boshqa zarur xarajatlarga qayta yo‘naltirilgan.
Izoh (0)