Joriy yilning 18-avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida Osiyo o‘yinlari boshlanadi.
Bu yilgi Osiyo o‘yinlaridan ilk marotaba o‘zbek milliy sport turi hisoblangan kurash ham o‘rin olgan. Bungacha Ashxobodda bo‘lib o‘tgan yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan kurashchilar endi Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida ham O‘zbekiston sharafini himoya qiladi, deb xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik kurashchilar quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
- Ma’ruf G‘aybulloyev
- Ruslan Bo‘riyev
- Sarvar Shomurodov
- Muso Sobirov
- Shermuhammad Jandriyev
- Yahyo Imomov
- Muhsin Hisomiddinov
- Nurbek To‘rayev
- Gulnor Sulaymonova
- Oysuluv Abdumajidova
- Dildor Shermetova
- Muxlisa Abdumalikova
- Kumush Yuldasheva
- Dilroza Bozorova
Temurxon Turayev
Bosh murabbiy: Rizamat Soliyev
Murabbiy: Dilfuza Rahmatova
Jamoa rahbari: Abbos To‘ychiboyev
Izoh (0)