Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe davlat budjetini o‘zlashtirgani va parlament faoliyatiga aralashgani uchun qo‘shimcha 8 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bundan tashqari, Pak Kin Xe 3 million AQSh dollari miqdorida jarima ham to‘lashi lozim. Prokuratura Janubiy Koreya sobiq prezidentiga 30 yil qamoq jazosi berilishini so‘ragan.
Dastlab sud sobiq prezidentga 24 yillik qamoq jazosini tayinlagan. U korrupsiya, poraxo‘rlik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, davlat ma’lumotlarini oshkor qilish kabi 18 ta modda bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Izoh (0)