Suriyani 2011-yil harbiy harakatlar boshlangandan buyon yetti millionga yaqin odam tark etdi. Ulardan 1,5 milliondan ortig‘i yaqin vaqt ichida o‘z uylariga qaytishga tayyor. Bu haqda 20-iyul, juma kungi brifingda Rossiya Mudofaa boshqaruvi bo‘yicha milliy markaz rahbari general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“2011-yildan buyon, ya’ni harbiy harakatlar boshlangandan buyon Suriyani 6 million 900 mingdan ortiq odam tark etdi”, — dedi u.
Hozirgi paytda suriyalik qochoqlarning aksariyati dunyoning 45 ta mamlakatida yashamoqda.
“Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yaqin kelajakda 1 million 700 mingdan ortiq odam doimiy yashash joyiga qaytishi mumkin”, — deya aniqlik kiritdi Mizinsev.
Mizinsevning ta’kidlashicha, hozirda mamlakatning harbiy harakatlardan eng kam jabrlangan 76 aholi punktiga allaqachon 336,5 ming kishi joylashtirilishi mumkin.
Izoh (0)