Suriyada Rossiya Mudofaa vazirligi mutaxassislari ishtirokida 88 ta tibbiyot va 213 ta ta’lim muassasasi tiklandi. Bu haqda 18-iyul, chorshanba kuni Rossiya mudofaa boshqarmasi xabar qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“SAR hududida jami 88 ta tibbiyot va 213 ta ta’lim muassasasi tiklandi, 244 kilometr avtomobil yo‘llari, 176 kilometr elektr uzatish tarmog‘i va 73 ta elektr podstansiyasi ta’mirlandi”, — deyiladi Qochoqlarni qabul qilish, taqsimlash va joylashtirish markazi axborot byulletenida.
Oxirgi sutka ichida Dayr-az-Zor viloyatidagi Xshameda ikkita maktab va at-Tabiyada bitta maktabni ta’mirlash yakunlanganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)