Chikagoda 15-iyul kuni 43 nafar farzandning otasi bo‘lgan 63 yoshli erkakning urib o‘ldirilgan jasadi o‘z uyidan topildi, deb xabar beradi Forum Daily.
Jon Xernringning jasadi uning Janubiy Ostin tumanida joylashgan kvartirasidan topilgan.
Marhumning yaqinlarining ta’kidlashicha, uning 43 nafar farzandi bor.
Jonning anchadan buyon shu yerda yashardi, uni qo‘shnilar yaxshi tanir edi.
“U juda yaxshi inson edi. Men buni tushunmayman. Bu qotillik shunchalik ma’nisizki, endilikda qotillar keksa insonlarni o‘ldirmoqda”, — deydi marhumning kelini Gven Brijfort.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)