Keniyadagi Ambuseli milliy tabiat bog‘ida may oyining oxirida 38 yoshli Paru laqabli fil egizaklarni dunyoga keltirdi. Erkak va urg‘ochi filchalar bog‘dagi 40 ta fildan iborat oilaga qo‘shildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.
Filning egizak tug‘ish ehtimoli bir foizdan kamroqni tashkil qiladi. Bu yuz bergan taqdirda ham, fil bolalaridan bittasi tug‘riqdan keyin o‘ladi. Biroq bu egizaklar o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bundan avvalgi bu kabi noyob hodisa bog‘da 1980-yilda yuz bergan. Olimlar egizaklar fillarning sonini ko‘paytirishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)