Rossiya Davlat dumasi deputati Vladimir Jirinovskiy Yevropa Ittifoqini Rossiyada kommunizm qurilgani uchun sudga berishni va bir trillion yevro undirishni taklif qildi, deb yozmoqda TJournal.
Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududi kommunizm qurish bo‘yicha tajriba o‘tkazish uchun foydalangani sababli Yevropa Ittifoqi rus xalqiga tovon to‘lashi kerak. Uning fikricha, kommunizm Rossiyada baxtsiz qurbonlarni, barqarorlikning buzilishini va ma’naviy pasayishni keltirib chiqargan.
Izoh (0)