• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Arzon uy”larning narxi keskin oshdi. Toshkentda ijtimoiy himoyaga, uy-joyga muhtoj aholi qolmadimi?

    “Xalq so‘zi” gazetasida arzon uy-joylarning narxi keskin oshib ketganligi bois yuzaga kelayotgan noroziliklar haqidagi maqola chop etildi. Quyida maqola e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Bugungi keng miqyosli o‘zgarish va islohotlar natijasida odamlarning hayoti yaxshilanib, kelajakka umid hissi kuchaydi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, yangi va arzon uy-joyga ega bo‘layotgan yosh oilalarning quvonchi cheksiz. Davlatimiz rahbarining 2016-yil 22-noyabrdagi “2017-2020 yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori aynan aholining eng ehtiyojmand qatlamini uy-joy bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi.

    Biroq so‘nggi ikki hafta ichida tahririyatga ko‘plab yurtdoshlarimiz qo‘ng‘iroq qilib, qurilayotgan arzon uy-joylarning narxi keskin oshib ketganidan noroziligini bildirmoqda. Buning sabablarini tahlil qilib, odamlarning dardini jamoatchilikka yetkazishimizni so‘ramoqda. Ana shunday yurtdoshlarimiz orasida Bobur Jonibekov ham bor.

    — Xabaringiz bor, Prezidentimiz qarori bilan poytaxtimizning Sergeli tumanida arzon uy-joylar qurilmoqda, — so‘z boshladi u. — Men ham o‘tgan yili navbatga yozilib, uy olish huquqini qo‘lga kiritgan edim. Yil so‘ngida birinchi to‘lovni ham amalga oshirdim. Unda kvartiraning bir metr kvadrati uchun 2 million 841 ming so‘mdan hisoblab, jami 48 million so‘m boshlang‘ich badal to‘laganman. Bu to‘lovni amalga oshirish uchun oyligimdan orttirib yiqqanim urvoq ham bo‘lmadi. Tanish-bilishlardan qarz ko‘tarishga to‘g‘ri keldi. Hartugul, o‘z uyim bo‘lsa, ijara puli to‘lamasam, qutulib ketarman, deb o‘ylagandim. Ammo chuchvarani xom sanagan ekanman.

    — Nima, uyni bermaydigan bo‘ldimi?

    — Yo‘q, muammo umuman boshqa tomonda. Yaqinda bizga yangi xabar keldi. Unga ko‘ra, “O‘zshahar qurilish invest” IK MChJning 2018-yil 29-maydagi xatlariga asosan, biz olayotgan uyning narxi 3 million 981 ming 697 so‘m etib belgilanibdi. Shuning uchun birinchi to‘lov narxi ham oshib, qo‘shimcha pul to‘lashimiz talab etilar ekan. Kam ta’minlangan, ko‘p bolali oilalar, ijarada yashab, kunlik xarajatini zo‘rg‘a qoplaydiganlar shuncha pulni qayerdan topadi?

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Darhaqiqat, Boburning gaplarida jon borday. O‘z nomi bilan ijtimoiy himoyaga, uy-joyga muhtoj aholi uchun qurilayotgan xonadonlarning narxi bunchalik keskin oshishining sababi nimada? Hisoblab chiqilsa, endilikda bunday uylarning boshlang‘ich badali 100 million so‘m atrofida bo‘ladi. Narxlar oshgandan keyin nafaqat birinchi to‘lov, balki olinadigan kredit miqdori ham ortadi. Qarabsizki, davlat ishida ishlab, oylikka kuni qolgan odamlar bunday uyni orzu qilmasa ham bo‘laveradi. Ammo birinchi to‘lovni to‘lab qo‘yganlarchi? Necha yildirki sabr bilan uyining bitishini intizor kutayotganlarchi?

    — Uylarning narxi oshishi bo‘yicha bizga tegishli tashkilotdan xat kelgani uchun aholini xabardor qildik, — deydi Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi Iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari majmuasi bosh mutaxassisi Behzod Nazarov. — Uylarning narxlarini belgilash alohida komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Bunga sabab qurilish mollari narxining oshgani bo‘lsa kerak. Tahlillarga ko‘ra, bu yil qurilish materiallari narxi 26 foizga ortgan.

    Hokimlik mutasaddisining bergan ma’lumotiga ko‘ra, shu vaqtgacha tuman komissiyasiga 2 mingdan ortiq ariza kelib tushgan bo‘lib, 1300 tasi ko‘rib chiqilgan. Shundan 748 ta oilaga uy biriktirildi. Ularning 238 tasi ayni paytda yangi uylariga ko‘chib o‘tib, yashab kelmoqda. Bu yilgi hisob-kitoblarga ko‘ra, tumanning uy-joyga muhtoj aholisi uchun 546 ta xonadon ajratilgan va birinchi to‘lovlar to‘langan.

    Bu birgina tumandagi ahvol. Ammo poytaxtning jami 11 tumanini olib qaraydigan bo‘lsak, yana necha minglab aholi arzon uy-joyga ega bo‘lish umidida to‘lovni amalga oshirgan. Narxlarning keskin oshishi ularni ham tashvishga solgani bor gap. Chunki to‘lovlar ortgach, to‘lov imkoniyatlari ham qaytadan hisoblanishi kerak. Uyga muhtoj bo‘lgan bilan uyli bo‘lib qoldi, degani emas. Yetarlicha mablag‘ingiz bo‘lmasa, ko‘chada qolsangiz ham, o‘n yillab ijarama-ijara sarson yursangiz ham foydasi yo‘q.

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Foto: “Xalq so‘zi”

    Aslida, arzon uy-joylar nima uchun bunday narxda beriladi? Buning sababi unda ishlatilayotgan qurilish ashyolarining aksariyati mahalliy mahsulotlar ekanligidir. Shuningdek, qurilishda ishlatiladigan texnika va boshqa qurilish mollariga davlatimiz tomonidan bojxona va soliq imtiyozlari berilgan. Bu ham binoning tannarxini tushiradi.

    Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, yangi qurilayotgan uy-joylar boshqalariga qaraganda arzon, oddiy aholining sotib olishga qurbi yetadigan darajada bo‘lmog‘i kerak. Ammo yuqoridagi narxlarni ko‘rib, boshqa turdagi uylar bilan deyarli tenglashganiga guvoh bo‘lyapmiz. Yoki ularga berilayotgan imtiyozlar olib tashlandimi?

    Mening qo‘shimcha pul to‘lashga baribir qurbim yetmaydi, — deydi Bobur suhbatimiz so‘ngida. — Birinchi qilgan to‘lovimni qaytarib olmoqchiman. Ammo shuncha kutganim, orzularimning sarob bo‘layotganiga achinaman. Yana shuncha pul to‘plash uchun qancha ishlashim kerakligini hisoblab ko‘rib, hushim boshimdan uchadi. Bizning ham dardimizni tinglab, yechimini topib bera oladigan bormikan?..

    Masalaga oydinlik kiritish maqsadida “Toshshahar qurilish invest” bilan bog‘lanishga harakat qildik. Ammo natija chiqmadi. Ma’lumot markazidan olgan telefon raqamlarini hech kim ko‘tarmadi. Shundan so‘ng Toshkent shahar hokimligiga xat yo‘lladik. Hokimlikdan javob kelgach, masalaga yana batafsil qaytamiz. Hozircha esa mutasaddi tashkilotlar masalaga o‘z munosabatini bildirib, prezidentimizning xayrli tashabbuslari asosida ushalayotgan orzulari armonga aylanayotgan minglab odamlarning dardini to‘g‘ri anglashiga umid qilib qolamiz.

    11.07.2018, 20:55   Izoh (0)   52387
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senat bir oylik harbiy xizmatni isloh qilish va chaqiruv yoshini kichraytirishni taklif qilmoqda

    11.07.2018, 20:25

    Namangan viloyati vakillari suv ta’minoti borasida Chimkent tajribasini o‘rgandi

    11.07.2018, 17:45

    “Jartepa” chegara bojxona postida 4 oyda 9666 dona pornografik material ushlab qolindi

    11.07.2018, 17:32

    Samarqanddagi tibbiyot birlashmalarida suitsidga qarshi kurashish xonalari tashkil etildi

    11.07.2018, 17:18

    O‘zbekistonda gilos eksporti o‘tgan yilga nisbatan qariyb 3 ming tonnaga ko‘paydi

    11.07.2018, 16:50

    Andijonda 59 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi

    11.07.2018, 16:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.