JARda yo‘lovchi samolyoti quladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Aytilishicha, 19 kishi jarohat olgan. Halok bo‘lganlar haqida ma’lumot yo‘q.Favqulodda vaziyatlar haqida ma’lumotlar chop etuvchi ER24 saytiga ko‘ra, jarohat olganlardan bir nafari og‘ir ahvolda.
The South African nashrida aytilishicha, samolyot halokati qo‘nish paytida sodir bo‘lgan, shu tufayli qurbonlar yo‘q. Guvohlar samolyot dumidan tutun ko‘tarilganini ko‘rgan. Bu dvigateldagi muammolarni ko‘rsatishi mumkin.
Izoh (0)