Viber kompaniyasi Yaponiyaning Rakuten korporatsiyasi bilan aktivlarni birlashtirish strategiyasi doirasida o‘z logotipini o‘zgartiradi. Endi xizmat Rakuten Viber deb nomlanadi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Yangi logotip dizaynining elementlaridan biri “ichi” yapon iyeroglifi bo‘lib, “bir” degan ma’noni bildiradi va yangi ibtidoning ramzi sanaladi.
2014-yilning boshida Rakuten kompaniyasi Viber’ni 900 million dollarga sotib olgan. Texnik ishlanmalar va foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash ofisi Minsk va Brest shaharlarida joylashgan.
2017-yilda taxminan 900 million foydalanuvchi Viber’dan doimiy ravishda foydalangan.
Izoh (0)