Avstraliyalik fiziklar bir soniyada milliardlab yakka elektronlar harakatini boshqara oladigan o‘ta tezkor elektron zambarakni yaratdi. Bunday boshqaruv qobiliyati kvant komyuterlarini yaratish uchun muhim sanaladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Elektronlar harakati ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish keng qamrovli kvant kompyuterlarini yaratishda muhim qadam sanaladi.
Avstraliyalik fiziklar kvant kompyuteri yaratish bo‘yicha ko‘p yillik tadqiqotlardan keyin ularning xotirasi bilan bog‘liq muhim yechimni topdi. Bunda ular kvant ma’lumotlarini tashuvchi yakka elektronlardan foydalandi. Bunday elektronlarni boshqarish oson, biroq ularni olish oson emas. Buning uchun bir soniyada bir necha milliard birlikni chiqaradigan elektron “zambarak” zarur.
Izoh (0)