7—10-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron tomondan quruq va o‘ta isssiq havo kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Shu kunlari Respublika bo‘ylab o‘rtacha yillik ko‘rsatkichlardan 5-7 daraja baland bo‘lgan favqulodda jazirama ob-havo hukm surishi kutilmoqda. Kunduzgi payt harorat 40-43 darajagacha ko‘tariladi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo 44-45 darajagacha isiydi, garmsel kelishi mumkin.
7—10-iyul kunlari havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlariga Tojikiston va Qirg‘izistondan muzliklar erishi hisobiga hosil bo‘ladigan sel oqimlari o‘tishi mumkin.
Izoh (0)