Amerikaning Sent-Luis shahri (Missuri shtati) shimolidagi aholi turar-joyida noma’lum shaxs avtomobildan otishma uyushtirdi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, besh kishi yaralandi. Bu haqda politsiyaga tayanib, Associated Press xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Ikki nafar erkak og‘ir yaralangan, ular shifoxonaga yotqizilgan. Yaralangan ayollardan birining ahvoli barqaror, yana ikki nafarida — jarohatlar va shilinishlar”, — deyiladi xabarda.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q uzgan shaxs furgonda harakatlangan, u voqea joyidan yashiringan. Politsiya hozircha jinoyatchini qo‘lga olmagan.
Izoh (0)